35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov Xosa mahallasining Yuksalish ko‘chasi ko‘chaboshisi (oqsoqoli) Zafarboy Abduqodirov bilan yaqindan suhbatlashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan komissiya raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev, tuman hokimi o‘rinbosari E.Mamadiyorov hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari A.Tamiqayev ishtirokida fuqarolar xonadonlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 29-sessiyasida kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli doimiy komissiyalar tomonidan dastlabki o‘rganishlar olib borilib, doimiy komissiya raislari va a’zolarining xulosa hamda takliflari eshitildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqish toʻgʻrisidagi masala ko'rib chiqildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, sessiya kotibi etib 21-Zarafshon saylov okrugi deputati Mirzaqulov Shoxrux Urinovich tasdiqlandi hamda sessiya yakunida uning axboroti tinglandi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 15-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g’risida”gi O‘RQ-1153-son Qonunining ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi masala ko'rib chiqildi
янв.21
"Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi" mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida yashovchi fuqarolarning murojaati o‘rganildi.
янв.21
Mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi yuzasidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i Z.Turdiyevning hisoboti muhokama qilindi
Deputat hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati J.Uzaqov Dilorom mahallasida hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishib, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Ma’lum qilinishicha, Dilorom mahallasida 955 ta xonadon, 1 016 ta oila, 4 067 nafar aholi istiqomat qiladi hamda 48 ta xizmat ko‘rsatish obyekti faoliyat yuritadi.

Yil boshida aniqlangan 65 nafar ishsiz fuqarodan 58 nafari ish bilan ta’minlangan, qolgan 7 nafar fuqaroning bandligini ta’minlash ishlari nazoratga olingan. Shuningdek, 61 ta oila "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi asosida qo‘llab-quvvatlanmoqda.

O‘rganish yakunida deputat mavjud ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 1