35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
2026-yilning I yarim yilligida tumanda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosi holati to‘g‘risida doimiy komissiya qarori qabul qilindi.
янв.21
Deputat Musurmanov Maqsud Musurmon o'g'li so‘roviga tuman elektr tarmoqlari UK boshlig‘i B.Ulug‘murodovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 21-Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Mirzaqulov va kotibiyat bosh mutaxassisi M.Shovqiddinovlar tomonidan o'rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 15-Toshhovuz saylov okrugidan saylangan deputati F.Dehkonova tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Djamolova Lola Djalilovnaning deputatlik so‘roviga tuman birlashmasi boshlig‘i D.Jurayevdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat O‘.Omonov tomonidan Oqtosh mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputati X.Xudayberdiyeva hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi F.O‘ktamov tomonidan Ilg‘or mahallasidagi 75-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov tomonidan Oqtosh mahallasida mahalla bank agenti xodimi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan 2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash holati hamda tuman rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor va shaxsiy qabullar tahlili yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
«Darband» mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatining kunlik ish rejasiga muvofiq mahallalarda kompleks o‘rganishlar davom etmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 9-«Darband» saylov okrugidan saylangan deputat Ramazonov Muzaffar Xolmirzayevich hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Shoymardonov hamkorligida «Darband» mahallasida bo‘lib, profilaktika inspektorining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan olib borilayotgan ishlar, shuningdek, oilaviy nizolarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik profilaktikasi, tungi reyd tadbirlari hamda aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarining samaradorligi ham baholandi.

O‘rganish yakunida profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar hamda takliflar berildi.

Slide 1 of 1