Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat U.Raximjonov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Utegenov Oltin vodiy mahallasida o‘rganish olib bordilar.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ–327-son Qonuni ijrosi, shuningdek, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va fuqarolar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔹 O‘rganish jarayonida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tomorqa yerlarining daromadliligini oshirish hamda oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.