35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Payariq tumanidagi Xalq qabulxonasining 2026-yil I yarim yilligi davomida tumandagi davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan axboroti yuzasidan doimiy komissiya qarori qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan 20-24-iyul kunlari belgilangan ish rejasining ijrosi doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A. Uralovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tumani Yuqumli kasalliklar bo‘limiga yaqindan suhbatlashdi.
янв.21
2026-yilning I yarim yilligida tumanda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosi holati to‘g‘risida doimiy komissiya qarori qabul qilindi.
янв.21
Deputat Musurmanov Maqsud Musurmon o'g'li so‘roviga tuman elektr tarmoqlari UK boshlig‘i B.Ulug‘murodovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 21-Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Mirzaqulov va kotibiyat bosh mutaxassisi M.Shovqiddinovlar tomonidan o'rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 15-Toshhovuz saylov okrugidan saylangan deputati F.Dehkonova tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Djamolova Lola Djalilovnaning deputatlik so‘roviga tuman birlashmasi boshlig‘i D.Jurayevdan javob olindi.
Deputat so‘rovi yuborildi

O‘rganishlar davomida Samarqand shahri Kattaqo‘rg‘on ko‘chasi 22-uy oldida "Samarqand suv ta’minoti" AJ tomonidan suv ta’minoti tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilgani, biroq ishlar yakunlangandan so‘ng qazilgan hududning asfalt qoplamasi to‘liq tiklanmagani aniqlandi. Natijada yo‘l qoplamasi shikastlanib, transport vositalari va piyodalarning harakatlanishiga noqulayliklar yuzaga kelgan hamda hududning obodonlashtirish holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Deputat so‘rovida mazkur hududni mutaxassislar ishtirokida joyida o‘rganish, suv ta’minoti tarmoqlaridagi ta’mirlash ishlari natijasida buzilgan asfalt qoplamasini belgilangan qurilish me’yorlari asosida to‘liq tiklash, shuningdek hududda transport vositalari va piyodalar uchun xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.

Shuningdek, amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan choralar yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Hududlarda mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimiga erishish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi