Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i N.Rahimov tomonidan sohadagi amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi. Hisobot yuzasidan deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar hamda berilgan savollar muhokama qilinib, ularga tegishli javoblar berildi.
Mazkur yig‘ilishda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya a'zolari, ekspert-maslahat guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi vakillari ishtirok etdi.
Muhokamalar yakunida mazkur masalani Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish va sessiyada ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.