#Deputat_faoliyati
#Fuqorolar_qabuli
Deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 24-Shreder saylov okrugidan saylangan deputat S.Abdushukurov o‘zining saylov okrugi hududidagi "Bog‘bonlar yurti" mahallasida mahalla raisi bilan birgalikda fuqarolar qabuli o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolarning ichki yo‘llar, elektr ta’minoti, ichimlik suvi, bandlik hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaat va takliflari tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan amaldagi qonunchilik asosida tegishli tushuntirishlar berilib, joyida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan masalalar bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.
Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga yuborish va ijrosini nazorat qilish bo‘yicha kelishib olindi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram