#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq hamda tuman Kengashi deputati B.Shakarov ishtirokida O‘ymovut mahallasida amalga oshirilayotgan infratuzilma ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalladagi ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, obodonlashtirish hamda boshqa muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining holati bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, hududni kompleks rivojlantirish doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi ko‘zdan kechirilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillari bilan muhokamalar o‘tkazildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|