35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi M.Kazakova tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining VII-20-5-7-100-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan "Zarbdor tajribasi" asosida 2026-yilda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida amalga oshirilishi belgilangan drayver loyihalar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Kazakova tomonidan hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda M.Ulug‘bek mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda "Zarbdor tajribasi" asosida olib borilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan Nakurt mahallasida yashovchi fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tegishli doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzakulov tomonidan Ko‘paki mahallasida madaniy faoliyatni tashkil etish, aholiga madaniy xizmatlar ko‘rsatish hamda sohadagi mavjud holat joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov Nakurt mahallasidagi dehqon bozorida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov Yangiobod mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Suhbat davomida mahalladagi ichki yo‘llarning holati, kommunal xizmatlar sifati, ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-tozalash ishlari, ekologik muhitni yaxshilash hamda transport qatnoviga oid mavjud masalalar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S. Maxkamov Juvozxona mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ularning ijrosi holatini o‘rgandi.
янв.21
O‘rganish davomida qurilish ishlarining ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan maqsadli va samarali amalga oshirilishi, ishlarning loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, qurilish sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov hududdagi avtomobil yo‘llari holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib, mavjud infratuzilma va transport qatnovi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Deputatlik so‘roviga javob olindi

Deputatlik so‘roviga javob olindi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati tomonidan 2026-yil 30-iyun kuni tuman hokimi o‘rinbosari nomiga Gulbahor mahallasi Oydin hayot ko‘chasida elektr ta’minotidagi uzilishlar hamda kuchlanishning pasayishi yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga rasmiy javob kelib tushdi.

Javob xatida qayd etilishicha, tuman Elektr ta’minoti mutaxassislari tomonidan hudud joyiga chiqib o‘rganilgan. O‘rganish natijasida Gulbahor mahallasining Oydin hayot ko‘chasi va boshqa ko‘chalarida aholi sonining ortishi hamda elektr energiyasi iste’molining ko‘payishi sababli tarmoqda kuchlanish pasayishi kuzatilayotgani aniqlangan.

Shuningdek, mavjud muammoni bartaraf etish maqsadida transformator punktlarini yangilash, katta quvvatlisiga almashtirish, qo‘shimcha transformator o‘rnatish hamda elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari moliyaviy mablag‘lar ajratilishi asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, mazkur hudud 2026-yilda Termiz tumani mahallalarida taqsimlash elektr tarmoqlarini yangilash dasturining manzilli ro‘yxatiga kiritilgani ma’lum qilindi.

Mazkur masalaning ijrosi deputatlik nazoratida bo‘lib, belgilangan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 2