35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi F.O‘ktamov tomonidan Ahmad Yassaviy mahallasida amalga oshirilayotgan avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov kunlik ish rejasiga muvofiq, tuman Kengashi deputati O‘.Omonov bilan birgalikda Beshqo'rg'on mahallasida joylashgan 15-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan ishlar hamda belgilangan dasturlar ijrosi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan 4-maktabda olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-“Dehqonobod” saylov okrugidan saylangan deputati Maxkamov Sobir Tuxtamishovich tomonidan tumandagi 54-son umumta’lim maktabida yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Z.Turdiyev tomonidan 9-Botmon saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan G‘allakor mahallasida profilaktika inspektorlari bilan birgalikda Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan 2026-yil II choragida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i hisobotiga oid masalalar yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 1-sonli “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, umumiy xavfsizlik talablariga rioya etilishi holati yuzasidan masala muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-“Dehqonobod” saylov okrugidan saylangan deputati Maxkamov Sobir Tuxtamishovich tomonidan tumandagi Istiqlol mahallasida joylashgan 18-son umumta’lim maktabida yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
O‘rganish davomida hududda amalga oshirilayotgan qurilish, infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish hamda kommunal xizmatlar sifati yuzasidan ko‘zdan kechirildi.
ЭЛЕКТР ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ

ЭЛЕКТР ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
Халқ депутатлари Янгиқўрғон тумани Кенгаши котибияти мудири Эргашева Мунисхон Рустамбековна ҳамда Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши котибияти мутахассиси М. Имамов томонидан Янгиқўрғон туман электр тармоқлари корхонасида ўрганиш ишлари олиб борилди.
Ўрганиш Халқ депутатлари Янгиқўрғон тумани Кенгашининг навбатдаги сессияси кун тартибига киритилиши режалаштирилган масала юзасидан амалга оширилди.
Жараёнда туманда аҳоли ва ижтимоий соҳа объектларини электр энергияси билан барқарор таъминлаш, электр тармоқлари ва трансформатор пунктларининг техник ҳолати, мавжуд муаммолар, фуқаролар мурожаатларининг кўриб чиқилиши ҳамда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ишлари атрофлича таҳлил қилинди.
Шунингдек, соҳада амалга оширилаётган ишлар, белгиланган вазифаларнинг ижроси ва келгусида ҳал этилиши лозим бўлган масалалар юзасидан масъул ходимларнинг ахборотлари тингланди.
Ўрганиш натижалари асосида таҳлилий маълумотлар тайёрланиб, аниқланган муаммолар ҳамда уларни бартараф этиш бўйича таклифлар сессия муҳокамасига киритилиши белгиланди.

Slide 1 of 3