Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan Ko‘lto‘sin mahallasi hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan Tuman elektr tarmoqlari UK boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan hududda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev tomonidan Toxirshayx mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 12-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputati N.Parmanova tomonidan Yangiobod mahallasida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov kunlik ish rejasiga muvofiq Toxirshayx mahallasida og‘ir toifadagi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan Yangiobod mahallasida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida deputatlik nazorati tartibida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq hamda tuman Kengashi deputati B.Shakarov ishtirokida O‘ymovut mahallasida xotin-qizlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 13-17-IYUL KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengash kotibiyati xodimlari ishtirokida kotibiyat faoliyati joyiga chiqib atroflicha o‘rganildi.

📝 O‘rganish jarayonida deputatlar faoliyatini tashkiliy ta’minlash, sessiyalarni yuqori saviyada tayyorlash va o‘tkazish, doimiy komissiyalar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, deputatlik so‘rovlari va nazorat tadbirlarini qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, saylov okruglarida olib borilayotgan o‘rganishlar, deputatlarning haftalik va oylik ish rejalari ijrosi hamda ularning monitoringini tashkil etish holati batafsil tahlil qilindi.

🔎 Shuningdek, deputatlar tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, doimiy komissiyalar, ekspert guruhlari hamda Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yanada faollashtirish, sessiyalar kun tartibini sifatli shakllantirish, qaror loyihalarini puxta ishlab chiqish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, qabul qilinayotgan qarorlarning ijrosini samarali monitoring qilish masalalari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

🔺 O‘rganish davomida deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar ijrosini ta’minlash, "Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari"ni belgilangan tartibda yuritish, eng muhim 162 ta qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiyalar faoliyatini tizimli tashkil etish, deputatlar va biriktirilgan davlat organlari hamda tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, hududlarda aniqlanayotgan muammolarni o‘z vaqtida deputatlik nazoratiga olish, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish va ijrosini nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📊 Shu bilan birga, deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholi murojaatlarining tahlili asosida tizimli muammolarni aniqlash, doimiy komissiyalar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlarini muntazam tashkil etish, deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari samaradorligini oshirish, mahallalarda olib borilayotgan o‘rganishlar natijalari yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

🖥 O‘rganish jarayonida "E-Kengash" axborot tizimidan foydalanish holati ham batafsil tahlil qilinib, deputatlik so‘rovlari, fuqarolar murojaatlari, sessiya va doimiy komissiya materiallarini tizimga o‘z vaqtida kiritish, qabul qilingan qarorlarni elektron shaklda rasmiylashtirish, hujjatlar aylanishini raqamlashtirish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📁 Shuningdek, kotibiyatda hujjatlar nomenklaturasini yuritish, arxiv ishlarini belgilangan tartibda tashkil etish, deputatlar faoliyatiga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish, tahliliy ma’lumotlar va hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlash, kotibiyat xodimlarining malakasini oshirish hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari ham muhokama qilindi.

📍 O‘rganish yakunida kotibiyat xodimlariga mavjud ijobiy tajribalarni yanada ommalashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qonunchilikda belgilangan vazifalar ijrosini sifatli ta’minlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda mahalliy Kengash faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4