Toyloq tumani Kengashi deputati A. Nishonov tomonidan “Galabotir” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurilib, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy soha xodimlari faoliyatining amaliy natijalari joyida o‘rganildi.
O'rganish davomida aholi bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning turmush sharoiti, mavjud muammolari hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganildi. Xususan, xotin-qizlar va ijtimoiy xizmat xodimlari tomonidan olib borilayotgan ishlarning samaradorligi, ko‘rsatilayotgan yordamning manzilliligi va sifati alohida tahlil qilindi.
Shuningdek, xonadonbay xatlov natijalari asosida aniqlangan muammolarning amaliy yechimi, aholiga yetkazilgan ijtimoiy xizmatlar holati hamda ularning natijadorligi yuzasidan fuqarolarning fikr-mulohazalari tinglandi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.
Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook