O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 53-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxasissi D.Mirzayeva tomonidan shahar hokimligining tegishli bo‘limlari hamda shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazida deputat so‘rovlarining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🗓O‘rganish davomida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan yuborilgan, ammo ijobiy hal etilmagan, ijrosi jarayonda bo‘lgan, murojaat mualliflariga tushuntirish berilgan hamda ijro muddati yetgan deputat so‘rovlari alohida tahlil qilindi.
📌Shuningdek, deputat so‘rovlarining o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi, mas’ul tashkilotlar tomonidan qonunchilik talablariga rioya qilinishi hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
❗️O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijrosi kechikayotgan deputat so‘rovlarini tezkor ko‘rib chiqish hamda ularning natijadorligini oshirish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.