Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat S. Xidirova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Utegenov Doʻstlik mahallasida oʻrganish ishlarini olib bordilar.
Oʻrganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlanishi hamda ularning oʻz vaqtida toʻlanishi holatlari atroflicha koʻrib chiqildi.
Bunday oʻrganishlar aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimi samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha amaliy choralarni belgilashga xizmat qiladi.