5-O‘rikzor saylov okrugi deputati N.Bayzakova tomonidan tuman Irrigatsiya bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi "Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida"gi O‘RQ-680-sonli Qonunining 11-moddasi ijrosini ta'minlash holati yuzasidan deputatlik nazorati tartibida o‘rganish olib borildi.
📌Mazkur modda dehqon xo‘jaliklarining suvdan foydalanish huquqi va undan oqilona foydalanish majburiyatlarini belgilaydi.
🔰O‘rganish davomida bo‘lim mutaxassislari tomonidan dehqon xo‘jaliklarini sug‘orish suvi bilan ta'minlash, sug‘orish tarmoqlarini saqlash va ulardan foydalanish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda suv taqsimoti jarayonlari ko‘rib chiqildi.
🔰Shuningdek, dehqon xo‘jaliklari tomonidan suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi, suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, yuzasidan mas'ul xodimlarning axborotlari tinglandi.
♻️Qonun talablarining to‘liq va samarali ijrosini ta'minlash bo‘yicha mas'ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.