#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov tomonidan Sorisuv mahallasi profilaktika inspektorining xizmat faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan olib borilayotgan individual profilaktika tadbirlari hamda mahalla fuqarolar yig‘ini va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligi, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|