Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 13-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputati F.Shakarov tomonidan fuqarolar bilan yaqindan suhbat o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 13-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputati F.Shakarov tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Payariq tumani hokimi o'rinbosari U.Quvatovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputati X.Xudayberdiyeva tomonidan Tomoyrot mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan 13-17-iyul kunlari belgilangan ish rejasining ijrosi doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M.Musurmanov Birlashuv mahallasining Shabboda ko‘chasida ko‘cha boshi Mardiyev Xabibullo bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Payariq tumani hokimi o'rinbosari U.Quvatovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati J.Axunuv tomonidan tuman hokimining o‘rinbosari U.Quvatovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasida joylashgan 84-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasi faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
Muruvvat mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 17-Samandarak saylov okrugi deputati I.Axmedov, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan Muruvvat mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida Muruvvat mahalla fuqarolar yig‘inining Gulshan ko‘chasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-330-sonli qarori asosida ekin maydonlarini sug‘orish maqsadida qazilgan suv qudug‘i hamda unga o‘rnatilgan 100 kVA quvvatdagi transformator faoliyati ko‘zdan kechirildi.

⚡️ Aniqlanishicha, ayni paytda mazkur transformatordan Gulshan ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar ham foydalanmoqda. Shu bilan birga, ekin maydonlarini sug‘orish uchun sarflanayotgan elektr energiyasi hisob-kitoblarida ortiqcha yuklama va qo‘shimcha xarajatlar yuzaga kelayotgani sababli, fuqarolar tomonidan transformatorni belgilangan tartibda tuman Elektr tarmoqlari korxonasi balansiga o‘tkazish yuzasidan murojaat bildirildi.

📝 Bildirilgan murojaatlar deputatning "Ko‘chama-ko‘cha yuritish" daftariga belgilangan tartibda qayd etildi hamda ularni qonunchilik asosida ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6