Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan Payariq tumani adliya bo‘limi boshlig‘i I. Abduraxmonovning davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan 2026-yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha axboroti o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputat X.Xudayberdiyeva tomonidan Tomoyrot mahallasi soliq inspektori faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev hamkorligida Mustaqillik mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 12-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputati N.Parmanova tomonidan Tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamkorligida Bahor mahallasi hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Dehqonova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi A.Iskanov tomonidan 15 -Toshhovuz saylov okrugi Toshhovuz mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i I.Abduraxmonov hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev hamkorligida Mustaqillik mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev hamkorligida 10-Darvishiq saylov okrugi Javshar ota mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev hamkorligida 10-Darvishiq saylov okrugi Javshar ota mahallasida mahalla raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Dehqonova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi A.Iskanov tomonidan 15 -Toshhovuz saylov okrugi Toshhovuz mahallasida mahalla bankeri faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumanida fuqarolarning mulk huquqi e'tirof etildi va tasdiqlovchi hujjatlar topshirildi.
Deputatlik so‘rovi amalda: muammo ijobiy hal etildi!

Deputatlik so‘rovi amalda: muammo ijobiy hal etildi!

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatining murojaati asosida “Istiqlol” MFY aholisi tomonidan ko‘tarilgan masala o‘z yechimini topdi.

Joriy yilning 13-iyun kuni tuman hokimi o‘rinbosari nomiga mahalla hududidagi 18-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti oldidagi yo‘lni asfaltlashtirish yuzasidan aholi murojaati kelib tushgan edi. Murojaatda yo‘lning nosoz holati bog‘cha tarbiyalanuvchilari, ularning ota-onalari hamda mahalla fuqarolari uchun noqulayliklar tug‘dirayotgani qayd etilgan.

Mazkur masala yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga asosan, Termiz tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada, 18-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti oldidagi yo‘lning ta’mirtalab qismlari ta’mirlanib, ko‘chaning 180 metr qismiga issiq asfalt yotqizildi.

Aholi murojaatiga befarq bo‘lmasdan, muammoni qisqa muddatda bartaraf etishga hissa qo‘shgan mas’ul tashkilotlarga minnatdorlik bildiramiz.

Slide 1 of 2