Новости

Последние новости

янв.21
Payariq tumanida fuqarolarning mulk huquqi e'tirof etildi va tasdiqlovchi hujjatlar topshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev tomonidan Oqtosh mahallasi fuqarolar yig‘ini binosi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova Yangiobod mahallasi raisi bilan birgalikda Yangiobod mahallasidagi "Qorasuv" ko‘prigi holatini joyiga chiqib o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev hamkorligida 11 -Emalach saylov okrugi Gulzor mahallasida mahalla raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat M.Kazakova tomonidan biriktirilgan tashkilot xodimi hamda ijtimoiy xodim ishtirokida Birlashuv mahallasida o‘rganish olib borildi.
янв.21
Djamolova Lola Djalilovnaning deputatlik so‘roviga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaz direktori A.Tamiqayevdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasi soliq inspektori faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan hududdagi umumta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, tuman Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N. Ochilova bilan birgalikda Go‘zal mahallasida ko‘p qavatli uylar oldidagi obodonlashtirish ishlari deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B. Shakarov tomonidan Gallakor hududidagi Kultusin va Nakurt mahallalarida pistachilikni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Qonun ustuvorligi va ijtimoiy himoya: "Ma’rifat" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati aholi bilan bevosita muloqot orqali tahlil qilindi!

Kuni kecha Kengash kotibiyati xodimlari hamda Kengash deputati A.Mustafakulov ijtimoiy xodim va xotin-qizlar faoli faoliyatini tahlil qilganidan so‘ng, o‘rganishlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida bevosita hududga — aholi xonadonlariga chiqib, nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordilar.

💬 Deputatlar tashrifi davomida ijtimoiy xodimning faoliyatini tahlil qilish uchun eng asosiy mezon — aholining o‘zini tinglashga urg‘u berildi. Shu maqsadda, mahallada yashovchi fuqarolar bilan ochiq va samimiy suhbatlar o‘tkazildi.

💬 Suhbat markazida quyidagi qonunlar ijrosi va amaliy natijalar bo‘ldi:

🟢O‘RQ-415-sonli Qonun ijrosi: O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-415-sonli “Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan yordamlarning sifati, muammolarning qay darajada hal etilishi hamda aholining ijtimoiy xizmatlardan qanchalik mamnunligi muhokama qilindi.

🟢O‘RQ-641-sonli Qonun ijrosi: O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-sonli “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablari asosida nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ularning huquqlari ta’minlanishi va yaratilgan shart-sharoitlar haqida aholining fikr-mulohazalari tinglandi.

💬O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirish hamda "mahalla yettiligi"ning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2