Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O‘.Omonov hamda Adliya vazirligi huzuridagi "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev tomonidan fuqaroning murojaati o‘rganildi.
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi N.Xolmaxammatova tomonidan 10-son umumta’lim maktabida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Israilova hamda tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari ishtirokida mahallada xotin-qizlar faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov Boshcho‘rosh mahallasi hududida “Open budjet” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Mening bog‘cham” loyihasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi N.Ochilova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi 1996-yil 26-apreldagi 221-I-son Qonuni ijrosi yuzasidan hududda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 11-Emalach saylov okrugidan saylangan deputati A.Tavboyev tomonidan Ko‘paki mahallasida joylashgan 9-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilayotgan "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov 5-Samarqand saylov okrugi tomonidan Boshqo‘rg‘on mahallasidagi oilaviy poliklinika faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi F.O‘ktamov tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi, 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputat M.Musurmanov tomonidan sessiya qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev tomonidan Eng og‘ir mahallasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan hamda davom etayotgan qurilish ishlari deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
“Shova” MFYda ijtimoiy himoya ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston XDPdan saylangan deputat G.A. Risqulova tomonidan “Shova” MFY ijtimoiy xodimining faoliyati o‘rganildi.

Mahallada 101 nafar fuqaro ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda bo‘lib, 72 nafari nafaqa va moddiy yordam olmoqda. 2-chorakda 20 ta ehtiyojmand oilaga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali yordam ko‘rsatildi, 3 ta oilaning uy-joyini ta’mirlash rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2 nafar bitiruvchini maxsus kasb-hunar kollejiga joylashtirish bo‘yicha hujjatlar tayyorlanmoqda. “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida bir nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroga qarovchi biriktirildi hamda bir nafar fuqaro reabilitatsiya markaziga joylashtirildi.
Inson qadri va ijtimoiy himoya masalalari doimiy e’tiborda. 🤝

Slide 1 of 3