Joriy yilning 22-iyun kuni xalq deputatlari shahar Kengashi mudiri E.Davlatov shahar Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi M.Xudayberdiyevalar tomonidan Alisher Navoiy mahallasida tashkil etilgan kutubxona faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida kutubxona homiylik asosida 2024-yil tashkil etilgan bo‘lib, kutubxonada kitobxonlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi, obunachilar soni 200 nafardan ortiqligi, jami 640 ta badiiy adabiyotlar mavjud bo‘lib, mahalla fuqarolarining barchasi ushbu kutubxona fondidan foydalanishi mumkinlgi aniqlandi. Deputat tomonidan kutubxonaga ko‘proq obunachilar sonini ko‘paytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.