Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputati X.Xudayberdiyeva tomonidan tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamkorligida Navro‘z mahallasi hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan 6-Farovon saylov okrugi hududidagi Alisher Navoiy mahallasida joylashgan ko'p qavatli uylar oldidagi bolalar o‘yingohi holati o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, 6- Farovon okrug Go'zal mahallasida tuman Pensiya jamg‘armasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Payariq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov hamda Adliya vazirligi huzuridagi "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti rahbari O‘.Egamberdiyev tomonidan 6- Farovon okrug Mustaqillik mahallasida hokim yordamchisining faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati L.Djamalova tomonidan hududdagi umumta’lim maktabida birinchi sinfga qabul jarayoni hamda to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat M.Kazakova tomonidan hududda faoliyat yuritayotgan tikuv korxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasida xotin-qizlarning bandligi, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etilishi hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev tomonidan Yangiobod mahallasida mahalla inspektori bilan birgalikda aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S. Maxkamov tomonidan Go‘zal mahallasida hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
Qo‘ng‘irot mahallasidagi kanallar holati deputat nazoratida

Qo‘ng‘irot mahallasidagi kanallar holati deputat nazoratida

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati R. Shamanov tomonidan tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbarining suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash hamda tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan sessiyaga kiritilayotgan masala doirasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganish jarayonida deputat Qo‘ng‘irot mahallasi hududidagi irrigatsiya kanallari va suv xo‘jaligi obyektlarining holatini ko‘zdan kechirdi. Kanallarning texnik ahvoli, suv o‘tkazish imkoniyatlari, tozalash ishlari hamda suv taqsimotining samaradorligi yuzasidan mavjud holat tahlil qilindi.

Mazkur o‘rganish natijalari asosida sessiyada ko‘rib chiqiladigan masala yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar shakllantirilib, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Slide 1 of 3