Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya, masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarovning o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan hisoboti muhokama qilindi.
янв.21
Payariq tumani budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masala muhokama qilindi.
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanovaning hisoboti yuzasidan.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanovaning o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan hisoboti muhokama qilindi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamovning axboroti yuzasidan
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari to‘g‘risida Xalq deputatlari tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamovning axboroti Kengash sessiyasida muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L.Djamalova tomonidan kun tartibidagi masala yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar natijalari bo‘yicha tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri O‘.Xo‘jamqulovga savol berildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan kun tartibidagi masala yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar natijalari bo‘yicha tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri O‘.Xo‘jamqulovga savol berildi.
янв.21
Joriy yil mart oyida o‘tkazilgan asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida 37 nafar 11-sinf o‘quvchisi ishtirok etgan va 1 nafar o‘quvchi 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan, natijada tuman viloyat reytingida 4-o‘rinni egallagan.
янв.21
Tumanda maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish, o‘quvchi va o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlar, shuningdek, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini va o‘quvchilarning darslarga qatnashish darajasini oshirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar yuzasidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri O‘.Xo‘jamqulovning hisoboti muhokama qilindi.
Mahallada murojaatlar o‘rganilib, nazoratga olindi

Mahallada murojaatlar o‘rganilib, nazoratga olindi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G. Shafoatova hamda tuman Kengashining bosh mutaxassisi K. Abdullayeva bilan birgalikda Yangihayot MFYda bo‘lib, hududdagi mavjud holat va aholi murojaatlarini o‘rgandi.

O‘rganish davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynab kelayotgan masalalar tinglandi. Murojaatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar qayd etildi hamda ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, kelib tushgan murojaatlar belgilangan tartibda yozib olinib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.