Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining ijtimoiy soha, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi yuzasidan monitoring ishlari izchil olib borilmoqda.
Navbatdagi o‘rganishlar davomida ishchi guruh tomonidan Yangiqishloq mahallasida joylashgan 12-son poliklinika faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, xususan reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish borasidagi ishlar o‘rganildi.
Monitoring jarayonida aholining tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, profilaktik tadbirlar sifati, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar hamda mavjud muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Bu kabi monitoring tadbirlari qonun ijrosini samarali ta’minlashga xizmat qiladi.