Новости

Последние новости

янв.21
CHOSHTEPA MAHALLASI BINOSI QURILISH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda tuman hokimligi bosh mutaxassisi G'.Eltoyev tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda deputat L.Djamalova ishtirokida Yoshlar maslahat guruhi faoliyati va tarkibini qayta shakllantirish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M. Nurmanova rahbarligida navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
O‘rganish jarayonida Payariq tumani Choshtepa MFY hududida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar, ularning bajarilish holati hamda infratuzilma obyektlarini qurish ishlari ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev hamda Kengash bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritilgan masala yuzasidan tegishli o‘rganish va tahlil ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
2026-yil o'tgan davri davomida Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishing
янв.21
BIRLAMCHI TARTIBDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI TO‘G‘RISIDAGI O‘RQ-371-SONLI QONUNNING TUMANDAGI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA SAVOLNOMA ISHLAB CHIQILDI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi S.Maxkamovning o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan hisoboti bo'yicha Kengash qarori tasdiqlandi.
Fuqaro murojaati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, tumanning “Chinor” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaati O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida yer uchastkalari va uy-joylarga oid kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, shuningdek, ichki ko‘chalarning ta’mirtalab holatga kelib qolgani, aholi harakati uchun qulay sharoit yaratish zarurati yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalar murojaat mualliflari ishtirokida ko‘rib chiqildi.

🔺O‘rganish yakunlari bo‘yicha murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish hamda ijrosini nazoratga olish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.