18-DMTTda rekonstruksiya ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi deputati G.Shafoatova tomonidan 18-DMTTda olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.
Mazkur muassasa 2018-yilda qurilib foydalanishga topshirilgan bo‘lib, 2026-yil 13-apreldan boshlab mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘rganish jarayonida transformator, drenaj, kanalizatsiya hamda ichki ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.