Kengash qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 2026-yil 16-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qarorlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan jamoatchilik fikri asosida shakllangan va ovoz berish yakunlariga ko‘ra “g‘olib” deb topilgan takliflarni tanlab olish hamda ularga mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risidagi VII-17-58-8-117-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Termiz tumani bo‘yicha 2026-yil 1-bosqichida g‘olib bo‘lgan loyihalarni Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirish holati ko‘zdan kechirildi.
Jumladan, Termiz tumani Xalqobod MFY hududida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati bo‘yicha Surxondaryo viloyati filialining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mazkur loyiha uchun ajratilgan mablag‘lar to‘liq moliyalashtirib berilgani, ayni paytda yutib olingan moddiy-texnik jihozlarning 65–70 foizi olib kelingani hamda qolgan jihozlar bosqichma-bosqich yetkazib berilayotgani aniqlandi.
Mazkur nazorat-o‘rganish ishlari Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov hamda Termiz tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi bosh mutaxassisi J.Qurbonov tomonidan amalga oshirildi.