Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati Muxabbat Kazakova tomonidan tumanda 2026-yilning III choragi davomida mahalliy budjetga tushumlar holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘roviga Payariq TETK mutaxassislari tomonidan berilgan javobga ko‘ra, Boshcho‘rosh mahallasining Boshcho‘rosh-2 qishlog‘ida transformatorga yuklama ortgani hamda elektr uzatish havo tarmoqlari eskirgani aniqlangan.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi taminlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat O‘.Omonov Do‘stlik mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi bilan birgalikda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 5-Samarqand saylov okrugidan saylangan deputati S.Kasimova Tohirshayx mahallasida xotin-qizlar bilan suhbat o‘tkazib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda teng imkoniyatlarni ta’minlash hamda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga e’tibor qaratdi.
янв.21
Payariq tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov Do‘stlik mahallasida ijtimoiy xodim bilan uchrashib, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi.
янв.21
Mahalliy budjet daromadlari ijrosi yuzasidan qaror qabul qilindi
янв.21
Samarqand viloyati Kengashi deputati Sohiba Norboyeva hamda Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N. Ochilova “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lib, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yordamga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini o‘rgandilar.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 19-oktabrdagi DKQ03-01/98-26-sonli qarori qabul qilindi.
“Mehrigiyo” faoliyati o‘rganildi

 ✅Uchko‘prik tumanidagi “Mehrigiyo” xususiy korxonasi dorivor va ekzotik o‘simliklarni yetishtirish, ularni qayta ishlash hamda tabiiy mahsulotlar, jumladan, shifobaxsh choylar, asal va farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonadir. Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashiga 16-Olmurod saylov okrugidan saylangan deputat – EKO partiya deputatlik guruhi a’zosi Umarbek Karimov tegishli hududda joylashgan “Mehrigiyo” xususiy korxonasida bo‘lib, u yerdagi ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar hamda ekologiya-atrof-muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida o‘rganishlar olib bordi. 

✅Deputat va mutaxassislar o‘rtasida o‘ziga xos uchrashuv-suhbati bo‘lib o‘tdi. “Mehrigiyo” mutaxassislari bergan ma’lumotlarga ko‘ra: 520 gektar ekin maydoniga ega bo‘lgan korxonada inson salomatligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etuvchi papayya, guava, lavanda, zaytun, kivi, xandon pista kabi o‘simliklardan 50 xildan ortiq yuqori sifatli tabiiy mahsulotlar tayyorlanmoqda. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning savdosi Rossiya, AQSh, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Yaponiya kabi mamlakatlarda ham yo‘lga qo‘yilgan.
 

✅Uchrashuvda: Elu yurt orasida “Mehrigiyo” nomi bilan mashhur bo‘lgan maskan “Salomatlik” ordeni sohibi Alijon Abdurazzoqovning ko‘p yillik izlanishlari mahsuli ekani e’tirof etildi. Dorivor o‘simliklarni yetishtirib, ularni qayta ishlab, yuqori sifatli organik, shifobaxsh, eng muhimi, tabiiy mahsulotlar ishlab chiqarayotgan “Mehrigiyo” korxonasining faoliyati diqqatga sazovordir. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1