Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan 2026-yil 10-sentabrdagi KQ-393-V-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaror mazmuni ham muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish masalalariga e’tibor qaratmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida Payariq tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, uchinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 16-oktabrdagi DKQ03-01/96-26-son qarori imzolandi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Samarqand suv ta'minot" AJ tuman filiali boshlig'i J.Abdullayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov Javshar ota mahallasida mahalla raisi hamda hokim yordamchisi bilan uchrashib, aholi bilan ishlash, fuqarolarning bandligini ta’minlash va ularning moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari yuzasidan suhbatlashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh. Mamayusupov ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan tuman Madaniyat bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratdi.
Deputat mahallada Salomatlik — eng oliy qadriyat: Mingtepa oilaviy poliklinikasidagi sharoitlar o‘rganildi

 Salomatlik — eng oliy
qadriyat: Mingtepa oilaviy poliklinikasidagi sharoitlar o‘rganildi
 

Aholiga o‘z vaqtida, sifatli
va malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlaganlik holati, tibbiyot
muassasalarida yaratilgan sharoitlar va dori-darmon ta’minoti Xalq deputatlari
tuman Kengashi deputatlarining doimiy nazoratidadir.
 

Mazkur yo‘nalishdagi
navbatdagi nazorat tadbiri 14-Mingtepa saylov okrugidan saylangan deputat
(«Adolat» SDP deputatlik guruhi a’zosi) B. Abdurahmonov hamda Kengash
kotibiyati bosh mutaxassisi G. Xudoyqulova tomonidan Mingtepa hududida
joylashgan oilaviy poliklinikada amalga oshirildi.
 

Jarayonda ishchi guruh
tomonidan quyidagi muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:
 

Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifati va tezkorligi;
 

Tibbiyot xodimlarining
navbatchilik tizimi va bemorlarga bo‘lgan munosabati;
 

Poliklinikaning zarur tibbiy
uskunalar va aholi uchun eng kerakli dori vositalari bilan ta’minlanganlik
darajasi.
 

Inson qadrini ulug‘lash va
salomatligini muhofaza qilish maqsadida joylardagi tibbiyot maskanlari
faoliyatini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish borasidagi
deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettiriladi.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/  

Slide 1 of 1