Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish masalalariga e’tibor qaratmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan 2026-yil 10-sentabrdagi KQ-393-V-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaror mazmuni ham muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A. Maxammatov hamda Kengash kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida Payariq tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 16-oktabrdagi DKQ03-01/96-26-son qarori imzolandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, uchinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Samarqand suv ta'minot" AJ tuman filiali boshlig'i J.Abdullayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov Javshar ota mahallasida mahalla raisi hamda hokim yordamchisi bilan uchrashib, aholi bilan ishlash, fuqarolarning bandligini ta’minlash va ularning moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari yuzasidan suhbatlashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh. Mamayusupov ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan tuman Madaniyat bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratdi.
Tumandagi avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash holati, tumanda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, tirbandliklarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi direktorining hisoboti muhokama qilindi.

#Kengash_sessiyalariga_oid
#27_sessiya

Tumandagi avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash holati, tumanda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, tirbandliklarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi direktorining hisoboti muhokama qilindi.

Payariq tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi DM tomonidan jami 446 km umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llariga xizmat ko‘rsatiladi. Shundan 132 km davlat ahamiyatidagi hamda 314 km mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarini tashkil etadi.

Korxona balansida jami 68 dona ko‘prik va 917 dona suv o‘tkazuvchi quvurlar mavjud bo‘lib, ulardan 16 ta ko‘prik hamda 218 ta quvur davlat ahamiyatidagi yo‘llarda, 54 ta ko‘prik va 699 ta quvur esa mahalliy ahamiyatdagi yo‘llarda joylashgan.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1