Новости

Последние новости

янв.21
21-may kuni Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlarining faoliyatiga oid yangiliklar bilan tanishasiz.
янв.21
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Payariq tumani bo‘limi boshlig‘i M.Burxonovning hisoboti yuzasidan
янв.21
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Payariq tumani bo‘limi boshlig‘i M.Burxonovning hisoboti yuzasidan
янв.21
2026-yilning I choragi davomida tumanda yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Payariq tumani bo‘limi boshlig‘i M.Burxonovning hisoboti muhokama qilindi.
янв.21
Payariq tumanida Xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish chora-tadbirlari yuzasidan tuman hokimligi ijro intizomi bosh mutaxassisi J.To‘qsonboyevning hisoboti muhokama qilindi.
янв.21
Maxkamov Sobir Tuxtamishovichning deputatlik so‘roviga tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri O‘.Xo‘jamqulovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati N. Ochilova ajrimlarning oldini olish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda ma’naviyatning o‘rniga bag‘ishlangan davra suhbatida ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 27-sessiyasida viloyat Kengashi deputati Nurmatova Nilufar Ziyadullayevna tomonidan gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaat yuzasidan bir fuqaroning muammosi hal etilmayotgani, mas’ul tashkilotlar tomonidan esa aniq va asosli javob berilmagani haqida savol o‘rtaga tashlandi.
янв.21
Tuman hokimligi ijro intizomi bosh mutaxassisi J.To‘xsonboyevning hisoboti yuzasidan
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha tumanda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimligi ijro intizomi bosh mutaxassisi J.To‘xsonboyevning hisoboti muhokama qilindi
#huquqiy_tavsiyalar
#huquqiy_tavsiyalar


Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati I. Ismatov, shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar tomonidan ko‘chmas mulklarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq huquqiy muammolar o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqarolar va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ko‘chmas mulk hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, kadastr hujjatlarini olish, mulk huquqini tasdiqlash hamda tegishli tashkilotlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Ayrim fuqarolar tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni uzoq davom etayotgani, ayrim maʼlumotlarni olishda qiyinchiliklar mavjudligi bildirildi.

Mutaxassislar tomonidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berilib, murojaatlarni qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, hujjatlashtirish jarayonlarini soddalashtirish hamda aholiga qulaylik yaratish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilishi taʼkidlandi.


Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 7