Новости

Последние новости

янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 9-Botmon saylov okrugidan saylangan deputati Z.Turdiyev tomonidan o‘z saylov okrugida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga ko‘maklashish, shuningdek, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Fuqarolarning murojaati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan 28-oilaviy poliklinikada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 718-son qarori yuzasidan o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Ko‘lto‘sin mahallasida yangi poliklinika qurilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan tumandagi 73-maktabda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-son “Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tadbir ishtirokchilariga tushuntirish berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M. Musurmonov tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan G‘allakor mahallasida fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N. Ochilova tomonidan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
Deputatlik nazorati olib borildi.

Milliy tiklanish partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati S.Jumamuratova hamda Kotibiyat xodimi B.Allaberganovlar tomonidan Amudaryo tumani Tashabbusli budjet 2026-yil 1-bosqichida g‘olib bo‘lgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” hisobidan moliyalashtirilayotgan loyihalar o‘rganildi.

Jumladan, Amudaryo tumani Tosh yop OFY hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘liga yangi asfalt qoplamasi yotqizish ishlari deputatlik nazorati asosida ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida bajarilayotgan qurilish ishlari sifati, belgilangan muddatlarga amal qilinishi hamda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishiga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan loyiha ijrosining shaffof va samarali amalga oshirilishi, aholi uchun qulay infratuzilma yaratish hamda yo‘l sifatini yaxshilash yuzasidan doimiy nazoratga olindi.

Slide 1 of 3