35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida Payariq tumanida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra openbudget.uz portalida g‘olib deb topilgan loyihalarni tasdiqlash hamda moliyalashtirish masalasi muhokama qilindi.
янв.21
O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash hamda oilada tenglik va adolat tamoyillarini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli qonunchilik islohotlari amalga oshirilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi F.Shakarov tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tuman bo‘limi boshlig‘ining hisoboti yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari bilan yaqindan suhbatlashildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli qaroriga asosan, “Turon” yakka kurashi bo‘yicha yuqori natijalarga erishib, tuman, viloyat va respublika miqyosidagi musobaqalarda munosib ishtirok etib kelayotgan sportchi o‘quvchi-yoshlarni rag‘batlantirish va taqdirlash maqsadida 41 600 000 so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 26-avgustdagi “Payariq tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida”gi VII-30-90-7-100-K/26-sonli qarori tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Toxirshayx mahallasida hududni rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 13-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputati F.Shakarov tomonidan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M.Musurmanov tomonidan Guliston mahallasida fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazilib, unga davlat uy-joy fondini xususiylashtirish tartibi hamda bu boradagi huquq va majburiyatlari yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputati M.Kazakova tomonidan G‘oyib ota mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaati o‘rganildi.
Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha SAVOLNOMA

Asos: O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, № O‘RQ-327, qabul qilingan sana — 2012-yil 26-aprel.

1. “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonunning asosiy maqsadi nimadan iborat?


2. Oilaviy tadbirkorlik tushunchasi nimani anglatadi?


3. Oilaviy korxona qanday tashkil etiladi?


4. Oilaviy korxona ishtirokchilari kimlar bo‘lishi mumkin?


5. Oilaviy tadbirkorlik faoliyatining asosiy prinsiplari nimalardan iborat?


6. Oilaviy korxona faoliyati qaysi sohalarda amalga oshirilishi mumkin?


7. Oilaviy korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi qanday amalga oshiriladi?


8. Oilaviy korxonaning ustav fondi qanday shakllantiriladi?


9. Oilaviy korxona a’zolarining huquq va majburiyatlari nimalardan iborat?


10. Oilaviy korxona rahbarining vakolatlari nimalardan iborat?


11. Oilaviy korxona mol-mulkining huquqiy maqomi qanday belgilanadi?


12. Oilaviy korxona tomonidan mehnat munosabatlari qanday tartibga solinadi?


13. Oilaviy tadbirkorlik subyektlariga qanday imtiyoz va preferensiyalar beriladi?


14. Oilaviy korxonaning moliyaviy faoliyati qanday tashkil etiladi?


15. Oilaviy korxona tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash tartibi qanday amalga oshiriladi?


16. Oilaviy korxonaning bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi qanday belgilanadi?


17. Oilaviy tadbirkorlik faoliyatida shartnomaviy munosabatlar qanday amalga oshiriladi?


18. Oilaviy korxonani qayta tashkil etish va tugatish tartibi qanday amalga oshiriladi?


19. Oilaviy tadbirkorlik subyektlarining huquqlari davlat tomonidan qanday himoya qilinadi?


20. Oilaviy tadbirkorlik faoliyatida nizolar qanday tartibda hal etiladi?


21. Qonunchilik talablarini buzganlik uchun qanday javobgarlik choralari qo‘llaniladi?


22. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda davlatning vakolatlari nimalardan iborat?


23. Oilaviy korxonalarda hisob yuritish va hisobot topshirish tartibi qanday amalga oshiriladi?


24. Mazkur Qonunning aholi bandligini ta’minlashdagi ahamiyati nimada?


25. Oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qanday takliflarni bildirasiz?



Savolnoma maqsadi:

“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun normalarining mazmun-mohiyatini o‘rganish, oilaviy tadbirkorlik subyektlari faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash, shuningdek, aholining iqtisodiy va huquqiy savodxonligini oshirish.

Slide 1 of 1