🔹Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashiga 11-Qumariq saylov okrugi-hududidan deputat Xasanboy Mamadaliyev tomonidan “Qumariq” mahalla fuqarolar yig‘ini mahallalarida
xavfsiz muhitini yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligi hamda aholi ijtimoiy barqarorligi o‘rganildi.
✅Mahallada yoshlar yetakchisi faoliyati, yoshlar bandligi.
✅Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi.
✅Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatlar, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash.
✅Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, yo‘l transport hodisalari sodir bo‘lishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar.
✅Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan beriladigan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi.
✅Hududda jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa, jinoyatchilikni oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar.
✅Shuningdek aholi bandligi masalalari o‘rganildi.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi