35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevnaning deputatlik so‘roviga Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i Sh.Burxonovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Ochilova Nazakat Yo'ldoshovna tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tuman elektr tarmoqlari tomonidan belgilangan tartibda javob taqdim etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 12-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputati N.Parmanova tomonidan Sho‘rtepa mahallasidagi maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etilib, unda fuqarolarning murojaatlari bevosita joyida tinglandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M.Musurmanov tomonidan Guliston mahallasidagi ichki ko‘chalarning asfaltlashtirish holati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov tomonidan Boshcho‘rosh mahallasi raisi bilan hamkorlikda hududdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali va oqilona foydalanish holati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O‘.Omonov tomonidan Boshchorosh mahallasida “Mening bog‘cham” loyihasi asosida qurilayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti binosidagi qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M.Musurmanov tomonidan Guliston mahallasida fuqarolarning ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M.Musurmanov tomonidan Guliston mahallasidagi ichki ko‘chalarning asfaltlashtirish holati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Israilova tomonidan tumandagi xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, ularning bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
Bugun tuman Kengashi deputati B.Egamberdiyev ishtirokida "Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
📌 Tadbirda asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:
🔹Bolalar ongiga salbiy ta’sir etuvchi, zo‘ravonlik va axloqsizlikni targ‘ib qiluvchi materiallardan himoyalanishning huquqiy asoslari;
🔹Axborot mahsulotlaridagi yosh cheklovlari (0+, 7+, 12+, 16+, 18+) va ularga amal qilishning ahamiyati;
🔹Internet tarmog‘idagi xavfli o‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlardagi turli yot g‘oyalardan yoshlarni asrash.
🤝 Deputat B.Egamberdiyev o‘z so‘zida farzandlarimizning ma’naviy olamini asrash nafaqat qonun ustuvorligi, balki har bir ota-ona va jamoatchilikning vijdoniy burchi ekanligini alohida ta’kidladi.
Slide 1 of 2