35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevnaning deputatlik so‘roviga Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i Sh.Burxonovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Ochilova Nazakat Yo'ldoshovna tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tuman elektr tarmoqlari tomonidan belgilangan tartibda javob taqdim etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 12-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputati N.Parmanova tomonidan Sho‘rtepa mahallasidagi maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etilib, unda fuqarolarning murojaatlari bevosita joyida tinglandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M.Musurmanov tomonidan Guliston mahallasidagi ichki ko‘chalarning asfaltlashtirish holati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov tomonidan Boshcho‘rosh mahallasi raisi bilan hamkorlikda hududdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali va oqilona foydalanish holati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O‘.Omonov tomonidan Boshchorosh mahallasida “Mening bog‘cham” loyihasi asosida qurilayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti binosidagi qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M.Musurmanov tomonidan Guliston mahallasida fuqarolarning ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M.Musurmanov tomonidan Guliston mahallasidagi ichki ko‘chalarning asfaltlashtirish holati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Israilova tomonidan tumandagi xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, ularning bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
➡️ NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI VA MIKROMOLIYALASHTIRISH FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA (http://lex.uz/docs/5972411) O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI, №O‘RQ-765, QABUL QILINGAN SANA 20.04.2022

SAVOLNOMA

Asos: O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, № O‘RQ-765, qabul qilingan sana — 2022-yil 20-aprel.

1. Mazkur Qonunning asosiy maqsadi nimadan iborat?

2. Nobank kredit tashkiloti tushunchasi nimani anglatadi?

3. Mikromoliyalashtirish faoliyati deganda nima tushuniladi?

4. Nobank kredit tashkilotlarining asosiy faoliyat turlari nimalardan iborat?

5. Mikromoliyaviy xizmatlar qaysi subyektlarga ko‘rsatilishi mumkin?

6. Nobank kredit tashkilotlarini tashkil etish tartibi qanday amalga oshiriladi?

7. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi qanday belgilanadi?

8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish sohasidagi vakolatlari nimalardan iborat?

9. Mikromoliyalashtirish xizmatlari ko‘rsatishda qanday prinsiplarga amal qilinadi?

10. Mikrokredit, mikroqarz va mikrolizing tushunchalari qanday farqlanadi?

11. Nobank kredit tashkilotlari tomonidan mijozlarni identifikatsiya qilish tartibi qanday amalga oshiriladi?

12. Nobank kredit tashkilotlarining huquq va majburiyatlari nimalardan iborat?

13. Mijozlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari qanday himoya qilinadi?

14. Mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda axborotning oshkoraligi qanday ta’minlanadi?

15. Foiz stavkalari va boshqa to‘lovlarni belgilash tartibi qanday amalga oshiriladi?

16. Nobank kredit tashkilotlarida risklarni boshqarish tizimi qanday tashkil etiladi?

17. Mikromoliyalashtirish faoliyatida axborot xavfsizligi qanday ta’minlanadi?

18. Nobank kredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy hisobotlarni yuritish tartibi qanday belgilanadi?

19. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish hamda terrorizmni moliyalashtirishning oldini olish bo‘yicha qanday choralar nazarda tutilgan?

20. Nobank kredit tashkilotlari faoliyati ustidan ichki nazorat tizimi qanday tashkil etiladi?

21. Mikromoliyalashtirish faoliyatida yuzaga keladigan nizolar qanday tartibda hal etiladi?

22. Qonunchilik talablarini buzganlik uchun qanday javobgarlik choralari qo‘llaniladi?

23. Nobank kredit tashkilotlarini қайта tashkil etish va tugatish tartibi qanday amalga oshiriladi?

24. Mazkur Qonunda zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qanday imkoniyatlar nazarda tutilgan?

25. Ushbu Qonunning tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdagi аҳамияти nimada deb hisoblaysiz?

Slide 1 of 1