35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan tuman hokimining o‘rinbosari U.Quvatovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi M. Kazakova tomonidan tumandagi geografik obyektlarga nom berish hamda ularni qayta nomlash masalasi yuzasidan mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan “Samarqand suv ta’minoti” AJ tuman filiali boshlig‘i J.Abdullayev bilan birgalikda “Javshar ota” mahallasida joylashgan suv inshootining texnik holati o‘rganildi.
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Sa’dullayeva tomonidan fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan 2027-yilda tasdiqlanadigan dasturlarga takliflar kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Shakarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 24-martdagi O‘RQ-1123-sonli “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan 1-son sport maktabida o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda qurilish-obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan 36-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasada ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, yaratilgan shart-sharoitlar hamda tarbiyalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARINI BIRGALIKDA HAL ETISH BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Sa’dullayeva tomonidan Bahor mahallasida ko‘cha boshilari va fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Aholi bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa

📊 Aholi bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa

👥 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Turopova tomonidan Samarqand MFYda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

📘Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni (№O‘RQ-642) mazmun-mohiyati tadbirkorlarga atroflicha tushuntirildi. Xususan, Qonun doirasida yaratilgan imkoniyatlar, davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

🗣Tadbirkorlar faoliyati aholi bandligini ta’minlashda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidlab, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

🤝Bunday uchrashuvlar tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.