Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 11-Emalchi saylov okrugidan saylangan deputati A. Tavboyev tomonidan Gulzor mahallasida joylashgan oilaviy shifokor punkti (OShP) filiali faoliyati hamda mavjud muammolar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh.Mamayusupov tomonidan Go‘zal mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan fuqaroning tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va bandligini ta’minlash yuzasidan yo‘llagan murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq 11-Emalchi saylov okrugi Gulzor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Yig‘ilishda loyiha doirasida bajariladigan qurilish ishlari, ularning sifati, belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 11-Emalchi saylov okrugidan saylangan deputati A.Tavboyev tomonidan Ko‘paki mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doirasida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi N.Ochilova tomonidan tuman Veterinariya bo‘limida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan fuqarodan kelib tushgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov tomonidan tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limiga qarashli 1-son oilaviy poliklinikada olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan sessiyada shahar hayoti va aholi farovonligiga oid 7 ta muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Hususan, shahar hokimining ijro intizomi va murojaatlar bo‘yicha 2026-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha malumoti tinglandi.

Aholi murojaatlari bilan ishlash va qonun hujjatlari ijrosi hokimlik faoliyatining bosh mezoni ekani ta’kidlandi.

🔹 Xavfsiz mahalla: Shahar prokurori va IIO FMB boshlig'i jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha axborot berdi.

🔹 Ijtimoiy ko‘mak: “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam ajratish ma’qullandi.

🔹 Suv tejash va ekologiya: Suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish vazifalari belgilandi.

🔹 Sog‘liqni saqlash: Shahar tibbiyot birlashmasi rahbarining hisoboti qabul qilindi.

🔹 Rasmiy tasdiq: Shahar hokimining 2026-yil 27-martdagi 119-11-169-Q/26-sonli qarori deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

  Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi

Telegram |✅ Facebook

Slide 1 of 10