Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 12-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputati N.Parmanova tomonidan hududdagi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan 29-iyun va 03-iyul kunlari belgilangan ish rejasining ijrosi doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov Qirqovul mahallasida profilaktika inspektori faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova tomonidan Payariq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘.Islomovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati Omonov Umar Shaxdarovich tomonidan hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 19-iyundagi VII-28-75-7-100-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, Payariq tumani hokimi Sh.Xudayberdiyev tumandagi fermer xo‘jaliklarida olib borilayotgan g‘alla o‘rim-yig‘im jarayonlarini joyiga chiqib ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Shuningdek, mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, ijro intizomi hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli hujjatlar o‘rganildi.
Bunyodkor MFYda kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy yordamlar samaradorligi o‘rganildi

Bunyodkor MFYda kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy yordamlar samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva Bunyodkor MFYda bo‘lib, mahalla raisi va hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bilan tanishdi.

Tashrif davomida hududda aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash jarayonlari hamda ularning daromadini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati ham ko‘zdan kechirilib, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda o‘z vaqtida yetkazib berish holati tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan ish samaradorligini oshirish, ijtimoiy yordamlarni adolatli va manzilli yetkazish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4