Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati Sobir To‘xtamishovich Maxkamov tomonidan Juvozxona mahallasida o‘rganish va muloqotlar tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat O‘.Omonov tomonidan Do‘stlik mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 21-Payariq saylov okrugidan saylangan deputati N.Nurmatova tomonidan yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va boshqa zararli illatlarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 11-Emalach saylov okrugi deputati A. Tavboyev tomonidan Ko'paki mahallasida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan Mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘larining sarflanish holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 1-Do‘stlik saylov okrugi deputati O‘. Omonov Do‘stlik mahallasida bo‘lib, ijtimoiy xodim faoliyati yuzasidan o‘rganish olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev Alisher Navoiy mahallasida bo‘lib, sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan mahalla raisi bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova hududdagi tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning faoliyati, erishayotgan natijalari hamda kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev, tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi N.Xolmaxammatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov Alisher Navoiy mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev hamda ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi M. Nurmanova tomonidan aholi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi 483-I-son Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N. Parmanova hududdagi maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lib, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan tanishdi.
Hamkorlik – aholiga huquqiy yordamni yanada yaqinlashtiradi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyat mudiri F.Xolmuratova hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tuman vakili R.Nurmamatov o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

❇️Mazkur hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmonining 3-bandiga muvofiq, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

📌Bugun hafta boshidan hamkorlik doirasida
— fuqarolarning murojaatlari asosida amaliy huquqiy yordam ko‘rsatish,
— ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari, yoshlar, xotin-qizlar hamda nuroniylarning huquqiy savodxonligini oshirish ishlari rejalashtirildi.

💬 Uchrashuv davomida mazkur yo‘nalishlarda tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish, masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🔹 Ushbu hamkorlik fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish va muammolarini joyida hal etishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 1