Новости

Последние новости

янв.21
15-may kuni Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlarining faoliyatiga oid yangiliklar bilan tanishasiz.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan Yangiobod mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova tomonidan G‘oyib ota mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan Madaniyat mahallasida joylashgan oilaviy poliklinikada olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova tomonidan G‘oyib ota mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati, yoshlar bilan ishlash samaradorligi hamda ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova tomonidan “G‘oyib ota” mahallasida hokim yordamchilari faoliyati hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan “Xalq banki” Payariq tumani filiali rahbariga J.Xudoyberdiyevga deputatlik so'rovi yuborildi.
Kiber jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish – davr talabi

     - Joriy yilning 6-may kuni “Madad” NNT huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi O. Ataxanov hamda tegishli soha vakillari ishtirokida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari D. Xasanova, Z. Polvonova va O‘zbekiston XDP tuman Kengashi raisi O. Akimova bilan hamkorlikda kiber jinoyatchilikning oldini olishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

          - Uchrashuvda internet tarmoqlarida uchrayotgan firibgarlik holatlari, shaxsiy ma’lumotlarning noqonuniy qo‘lga kiritilishi, bank kartalariga oid kiber hujumlar hamda ijtimoiy tarmoqlardagi jinoyatlar haqida ma’lumot berildi.

         - Shuningdek, fuqarolar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida internetdan xavfsiz foydalanish madaniyatini shakllantirish, shubhali havolalar va yolg‘on reklamalardan ehtiyot bo‘lish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Kiber jinoyatchilikka qarshi kurashishda huquqiy savodxonlikni oshirish muhimligi ta’kidlandi.

         - Yakunida ishtirokchilar hamkorlikni kuchaytirish va kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr almashdilar.

Slide 1 of 4