Новости

Последние новости

янв.21
#Kengash_sessiyalariga_oid #Farmoyish
янв.21
Djamolova Lola Djalilovnaning deputatlik so‘roviga tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Israilovadan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati L.Djamolova tomonidan Taraqqiyot mahallasida aholi bandligi yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan “Samarqand suv ta’minoti” AJ tuman filiali tasarrufidagi Do‘stlik mahallasi Darvozagaza qishlog‘ida joylashgan suv inshooti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan “Samarqand suv ta’minoti” AJ tuman filiali tasarrufidagi Eshonxo‘ja suv inshooti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Xudayberdiyev hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev Alisher Navoiy mahallasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
янв.21
Tumandagi oila va xotin-qizlar bo‘limi xodimlari uchun zamonaviy kompyuter texnikalari xarid qilish maqsadida mablag‘ ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova tomonidan G‘oyib ota mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Osiyo chempionati doirasida Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan musobaqalarda munosib ishtirok etgan murabbiy va sportchilarni taqdirlash maqsadida mablag‘ ajratildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Turdiyev 9-Botmon saylov okrugida joylashgan Ko‘lto‘sin mahallasida tuman hokimi o‘rinbosari E.Mamadiyorov bilan birgalikda o‘rganish ishlari olib bordi.
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov, kotibiyat mudiri A. Avliyakulov hamda kotibiyat xodimlari K.Abdullayeva, T.Murodov ishtirokida navbatdagi ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov, kotibiyat mudiri A. Avliyakulov hamda kotibiyat xodimlari K.Abdullayeva, T.Murodov ishtirokida navbatdagi ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda deputatlarning ish rejalari ijrosi, hududlarda olib borilayotgan faoliyat hamda belgilangan vazifalarning bajarilish holati atroflicha muhokama qilindi. Deputatlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, ularga amaliy ko‘mak berish va ish jarayonini tizimli yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ayrim yo‘nalishlarda sustkashlik kuzatilayotgan holatlar qayd etilib, ularni jadallashtirish, ijro intizomini kuchaytirish hamda deputatlik nazoratini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida deputatlar faoliyatini yanada faollashtirish, ish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, hududlarda ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida doimiy nazorat va amaliy yordamni kuchaytirish yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 5