Новости

Последние новости

янв.21
14-may kuni Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlarining faoliyatiga oid yangiliklar bilan tanishasiz.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan hududda amalga oshirilayotgan 310 xonadonli qurilish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov tomonidan Payariq “Elit kommunal” MChJ boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati S.Kasimova tomonidan Boshqo‘rg‘on mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati, yoshlar bilan ishlash samaradorligi hamda ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Musurmanov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N. Jazilovlar tomonidan Guliston mahallasida aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi hamda ularning yetarliligi holati o‘rganildi.
янв.21
Maxkamov Sobir Tuxtamishovichning deputatlik so‘roviga “Samarqand suv ta‘minoti ” AJ Payariq tumani filiali boshlig‘i J.Abdullayevdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati S.Kasimova tomonidan Boshqo‘rg‘on mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati hamda mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasining Uyg‘in ko‘chasida hudud infratuzilmasi, ichki yo‘llarning holati hamda sanitariya-tozalik ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 10-Darvishiq saylov okrugi deputati A.Maxammatov bilan birgalikda o‘rganish ishlari olib borildi.
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ

АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ

Халқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгаши депутати М.Садриддинов томонидан Боғистон МФЙда яшовчи фуқаролар мурожаати асосида хонадонма-хонадон ўрганиш ишлари олиб борилди.

Ўрганиш жараёнида фуқаролар Ж.Парпиев, Й.Парпиев, М.Парпиев, А.Сиддиқов, Т.Гавҳаров ҳамда М.Томирзаев хонадонлари юқори қисмидан кучли электр тармоқлари ўтгани аниқланди.

Аҳоли томонидан мазкур ҳолат хавфсизлик нуқтаи назаридан жиддий ташвиш уйғотаётгани, айниқса, ёғингарчилик ва шамолли кунларда фуқаролар ҳаёти ҳамда мол-мулки учун хавф туғдириши мумкинлиги таъкидланди.

Шунингдек, маҳалладаги 6 та хонадонга электр тармоқлари ҳанузгача етиб бормагани маълум қилинди.

Депутат томонидан мурожаатда кўтарилган масалалар масъул ташкилотлар иштирокида ўрганилиб, мавжуд муаммоларни белгиланган тартибда бартараф этиш, электр тармоқларини хавфсиз ҳолатга келтириш ҳамда электр таъминоти етиб бормаган хонадонлар масаласини ҳал этиш юзасидан тегишли чоралар кўрилиши белгиланди.

✅ Аҳоли мурожаатлари депутатлик назоратида.

Slide 1 of 1