Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A. Tavboyev hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari O‘. Egamberdiyev bilan hamkorlikda Ko‘paki mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlariga borib, aholining yashash sharoitlari atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A. Tavboyev hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari O‘. Egamberdiyev bilan hamkorlikda Ko‘paki mahallasida joylashgan poliklinika faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov tomonidan To‘polos mahallasida 2026-yil davomida davlat dasturi asosida amalga oshiriladigan zovur va kollektorlarni tozalash hamda qayta tashkil etish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan hududlar o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani "Guliston", "A.Yassaviy", "Boshqo'rg'on", "Beshqo'rg'on", "Bunyodkor" va Birlashuv mahallalarida istiqomat qiluvchi yana 23 nafar shaxslarning O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshoatlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov tomonidan Navbaxor mahallasida Zarbdor tajribasi asosida tashkil etilgan loyiha o'rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov tomonidan tumanda yer osti suvlari sathini o‘lchovchi qurilmalar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov bilan birgalikda Payariq tumanidagi “Qalandar” kollektorini yopiq drenaj tarmog‘iga aylantirish loyihasi o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qarori asosida Payariq tumanida irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish va meliorativ holatni yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov bilan birgalikda Ilg‘or mahallasida joylashgan 75-umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari holati o‘rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, komunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo'yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan Polvonariq mahallasining yo'llari holati o'rganildi.
Mahallada hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

#24_ta_masala

Mahallada hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning ‘mahalla yettiligi’ bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi yuzasidan amaliy ishlar davom etmoqda.

Mazkur qaror asosida “mahalla yettiligi” tomonidan belgilangan vazifalarni o‘zaro hamkorlikda samarali bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputati T.Mirzaev hamda xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi “Ekspert guruhi” a’zosi M.Normo‘minova tumandagi “Xurshid” mahallasida bo‘lib, hududda olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etishda “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish masalalarini manzilli tahlil qilib, ishlar samaradorligini oshirish borasida o‘z tavsiyalarini berdilar.

Slide 1 of 3