Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova tomonidan fuqaro murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil 4-maydagi VII-29-91-7-0-K/26-sonli qarori bilan fuqarolarning yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqi e'tirof etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan tumandagi 29-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 1-Do‘stlik saylov okrugi deputati O‘. Omonov tomonidan Oqtosh mahallasida hashar yo‘li bilan qurilayotgan mahalla binosi joyiga borib ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 1-Do‘stlik saylov okrugi deputati O‘. Omonov bilan birgalikda “Open budjet” dasturi doirasida Oqtosh mahallasidagi ichki yo‘llarning holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati S.Kasimova sun’iy intellektni rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Israilovaga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
#Doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
Kasimova Saodat Shirinbayevnaning deputatlik so‘roviga tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i D.Jo'rayevdan javob olindi.
Yoshlar bandligi – ustuvor yo‘nalish

8-Lutfiy okrugi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan saylov okrugida amalga oshirilgan tashrif doirasida hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati batafsil tahlil qilindi. 

Tahlil natijalariga ko‘ra, mahallada oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, biroq bandligi ta’minlanmagan yoshlar mavjudligi ustuvor muammolardan biri sifatida e’tirof etildi.

Mazkur holat yuzasidan deputat “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun hamda 2021-yil 20-apreldagi yoshlar bandligi va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash farmoni talablaridan kelib chiqib, tuman Yoshlar ishlari agentligi ishtirokida masalani atroflicha muhokama qildi.

Muhokamalar jarayonida oliy ma’lumotli ishsiz yoshlarni mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bazasini kengaytirish, ish beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda aniq va manzilli choralarni ishlab chiqish yuzasidan takliflar ilgari surildi. 

Slide 1 of 5