Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Yangi makon” OFYda mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🤝 Uchrashuv davomida mahalladagi dolzarb masalalar kompleks tarzda ko‘rib chiqilib, tegishli mas’ullar tomonidan axborotlar tinglandi
va takliflar muhokama qilindi.
🏠 Mahalla raisi X.Xalillayev ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, uy-joy sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan
ishlar haqida ma’lumot berdi.
👥 Mahalla ijtimoiy xodimi N.Allashukurov tomonidan yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj
aholi qatlamiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan axborot taqdim etildi.
💼 Hokim yordamchisi R.Tajimov aholini ish bilan ta’minlash, ishsiz fuqarolarga ish topishga ko‘maklashish va tadbirkorlikka
jalb etish borasidagi ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
🌱 Yoshlar yetakchisi Sh.Niyazimbetov yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirishga
qaratilgan chora-tadbirlar haqida axborot berdi.
👮♂️ Profilaktika inspektori F.Yerdashev tomonidan mahallada jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish
bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yoritildi.
💰 Uchrashuv yakunida mahallaga biriktirilgan bank xodimi ishtirokida aholining daromadlarini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish
va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.
🗣 Muhokamalar davomida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq taklif va
rejalar ishlab chiqildi.
✅ Aholi manfaatlarini ta’minlash va mahalla rivojini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
ishlar izchil davom etmoqda!