Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A. Tavboyev hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari O‘. Egamberdiyev bilan hamkorlikda Ko‘paki mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlariga borib, aholining yashash sharoitlari atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A. Tavboyev hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari O‘. Egamberdiyev bilan hamkorlikda Ko‘paki mahallasida joylashgan poliklinika faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov tomonidan To‘polos mahallasida 2026-yil davomida davlat dasturi asosida amalga oshiriladigan zovur va kollektorlarni tozalash hamda qayta tashkil etish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan hududlar o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani "Guliston", "A.Yassaviy", "Boshqo'rg'on", "Beshqo'rg'on", "Bunyodkor" va Birlashuv mahallalarida istiqomat qiluvchi yana 23 nafar shaxslarning O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshoatlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov tomonidan Navbaxor mahallasida Zarbdor tajribasi asosida tashkil etilgan loyiha o'rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov tomonidan tumanda yer osti suvlari sathini o‘lchovchi qurilmalar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov bilan birgalikda Payariq tumanidagi “Qalandar” kollektorini yopiq drenaj tarmog‘iga aylantirish loyihasi o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qarori asosida Payariq tumanida irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish va meliorativ holatni yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov bilan birgalikda Ilg‘or mahallasida joylashgan 75-umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari holati o‘rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, komunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo'yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan Polvonariq mahallasining yo'llari holati o'rganildi.
#open_budjet

#open_budjet

 KOGONDA TARIXIY BURILISH — 20 GEKTARLIK ULKAN MASKAN YANGI DAVRNI BOSHLAYDI!

Kogon shahrining yuragida — Bunyodkor MFY, Mahmud Tarobiy ko‘chasi atrofida — shahar qiyofasini butunlay o‘zgartiradigan yirik loyiha start olmoqda!

 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Mirshakar To‘raboyev hududga shaxsan chiqib, har bir qarich yer, har bir reja va har bir bosqichni joyida sinchiklab o‘rgandi.

 

Bu oddiy loyiha emas — bu 20 gektarlik yangi hayot makoni, Kogonning kelajakdagi “nafas olish nuqtasi”!

 Xalq ovozi bilan g‘olib bo‘lgan tashabbus — 1007 ta ishonchli ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan katta g‘oya!

Qiymati: 1 milliard 2 million so‘m

lekin qiymatdan ham kattaroq narsa bor — bu xalq ishonchi va kelajak orzusi.

Joyida berilgan topshiriqlar oddiy emas — ular tezlik, sifat va qat’iyat talab qiladigan aniq yo‘l xaritasi bo‘ldi.

Reja aniq: joriy yil yakunigacha bu hudud Kogonning eng yorqin, eng zamonaviy va eng jonli maskaniga aylanadi!

Bu — loyiha emas, bu Kogonning yangi qiyofasi!

Yangi davr boshlandi — endi shahar nafaqat quriladi, balki qayta tug‘iladi!

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 6