Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova tomonidan fuqaro murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil 4-maydagi VII-29-91-7-0-K/26-sonli qarori bilan fuqarolarning yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqi e'tirof etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan tumandagi 29-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 1-Do‘stlik saylov okrugi deputati O‘. Omonov tomonidan Oqtosh mahallasida hashar yo‘li bilan qurilayotgan mahalla binosi joyiga borib ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 1-Do‘stlik saylov okrugi deputati O‘. Omonov bilan birgalikda “Open budjet” dasturi doirasida Oqtosh mahallasidagi ichki yo‘llarning holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati S.Kasimova sun’iy intellektni rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Israilovaga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
#Doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
Kasimova Saodat Shirinbayevnaning deputatlik so‘roviga tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i D.Jo'rayevdan javob olindi.
Inson huquqlarini himoya qilishda Deputatlarning o‘rni!
Inson huquqlarini himoya qilishda Deputatlarning o‘rni!
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda milliy davlatchiligimizning mustahkam poydevori barpo
etildi, qonun ustuvorligi va inson huquqlari, uning hayoti, erkinligi, sha’ni
va qadr-qimmati hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab
qo‘yilgan boshqa ajralmas huquqlari ta’minlandi.
O‘zbekistonda inson huquqlarini rag‘batlantirish, himoya qilish va ularga rioya qilish
masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2017
— 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida shaxsiy,
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash sohasida aniq
maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Harakatlar
strategiyasining mantiqiy davomi bo‘lgan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan
Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasining qabul qilindi. Ushbu
hujjatda yaqin va o‘rta istiqbolda O‘zbekistonning taraqqiyot tendensiyalari,
davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini kompleks rivojlantirish
yo‘nalishlari aniq belgilab berilgan.
Taraqqiyot strategiyasining ahamiyati shundaki, uning ishlab chiqilishida mavjud muammolar
e’tiborga olingan va yechimini kutayotgan dolzarb vazifalar aks ettirilgan. Eng
muhimi, ushbu dasturiy hujjatning ishlab chiqilishida xalqimiz faol ishtirok
etdi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, «Inson qadri uchun»
tamoyilini barcha islohotlarimizning bosh mezoni sifatida belgiladik. «Davlat –
inson uchun» degan ezgu g‘oyani hayotga tatbiq etish maqsadida 2022-2026
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini bevosita
xalqimiz bilan maslahatlashib, odamlarimizning fikr va takliflari asosida
ishlab chiqdik».
Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash masalasi xalqimiz uchun farovon va
munosib turmush sharoitini yaratib berishga qaratilgan demokratik
islohotlarning bosh mezoniga aylanib bormoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar milliy qonunchilikka va huquqni qo‘llash
amaliyotiga tizimli hamda bosqichma-bosqich implementatsiya qilinmoqda. Bugungi
kunda O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan 80 dan ortiq inson huquqlari
va erkinliklari sohasidagi xalqaro hujjatlar normalari milliy qonunchilikda o‘z
aksini topmoqda.
Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar insonlar hayotini, dunyoqarashini hamda
turmush tarzini o‘zgartirmoqda. Jamiyatda «Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo
etamiz» degan ulug‘vor maqsad shakllandi va «Jamiyat — islohotlar
tashabbuskori» degan yangi g‘oya kundalik faoliyatimizga faol kirib bormoqda.
O‘zbekiston xalqaro maydonda amalga oshirayotgan barcha chora-tadbirlar doirasida inson
huquqlarini amalga oshirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Mamlakatimiz xalqaro
huquqning subyekti sifatida o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga ko‘tarildi va
xalqaro shartnomalar tuzish tashabbuskori sifatida xalqaro normalarni ishlab
chiqishda faol ishtirok etib kelmoqda.
O‘zbekistondagi inson huquqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sarhisob qilib, quyidagicha xulosa
qilishimiz mumkin:
Insonhuquqlari bo‘yicha qonunchilik shakllantirildi;
Mamlakatda inson huquqlarini ta’minlashning institutsional mexanizmlari yaratildi;
Davlat inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirmoqda;
Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim va ma’rifat amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi deputatlari ham fuqarolarning og‘irini yengil qilish, tumanimizni kambag‘allikdan holi hududga aylantirish maqsadida bir qancha ishlar amalga
oshirib kelishmoqda.
Slide 1 of 1