Новости

Последние новости

янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida farmoyish qabul qilindi.
янв.21
Uchrashuv davomida kelib tushgan murojaat yuzasidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan 28-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Qosimova Saodat Shirinbayevna tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Musurmonov Maqsud Musurmon o'g'lining so‘roviga tuman hokimining o‘rinbosari U.Quvatovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari A.Tamiqayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2025-yil 28-fevraldagi VII-5-13-7-100-K/25-sonli qarori ijrosi yuzasidan kotibiyat mudiri Axunov Jamshid Shodiyevich tomonidan o'rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Adliya vazirligi qoshidagi “Madad NNT tashkiloti bilan hamkorlida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Deputat Ochilova Nazakat Yo'ldashovna so‘roviga "Samarqand suv ta'minot" AJ tuman filiali boshlig'i J.Abdullayevdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati va Adliya vazirligi qoshidagi “Madad NNT tashkiloti hamkorligida amaliy ishlar olib borilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berildi.
Navoiy viloyati sanoatida yangi bosqich: xalqaro hamkorlik va zamonaviy ishlab chiqarish

Navoiy viloyati sanoatida yangi bosqich: xalqaro hamkorlik va zamonaviy ishlab chiqarish

Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiyaning Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida hudud sanoatini rivojlantirish yo‘lida muhim qadamlar qo‘yildi.

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi — iqtisodiy va sanoat sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, delegatsiya uchun hududning ishlab chiqarish salohiyati, mavjud infratuzilmasi va eksport imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish muhim ahamiyat kasb etdi.

Tashrif davomida delegatsiya sanoatni rivojlantirish komplekslari faoliyati bilan tanishdi, shuningdek, Karmana tumanida joylashgan sanoat maydonida “Unigroup Navoiy” korxonasining dastlabki loyihalari ishga tushirildi. Ushbu loyihalar hududda sanoat salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda eksport hajmini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayniqsa, Navoiy erkin iqtisodiy zonasi hududida kosmetika va uy-ro‘zg‘or buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy korxonaning ishga tushirilishi viloyat sanoatidagi muhim voqealardan biri bo‘ldi. Bu kabi innovatsion loyihalar mahalliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va xalqaro bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatini kengaytiradi.

Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat yurituvchi yana bir ishlab chiqarish korxonasining ishga tushirilishi hududda sanoat infratuzilmasining izchil rivojlanayotganini ko‘rsatadi.

Mazkur jarayonlarga munosabat bildirgan Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Javohir Mirzayev bu kabi tashabbuslar hudud iqtisodiyoti uchun muhim ekanini ta’kidlab, xalqaro hamkorlikning mustahkamlanishi, investitsiyalarni jalb qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi farovonligi oshishiga xizmat qilishini qayd etdi.

Uning fikricha, bu kabi yirik loyihalar nafaqat Navoiy viloyati, balki butun mamlakat sanoat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Mirzayev Javoxir Fazliddin o‘g‘li

Slide 1 of 1