💬Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holati tahlil qilindi.
🔅Xususan:
✔️“Kokildorota” mahallasida: Hududning obodonlashtirish holati ko‘zdan kechirildi. Ko‘chalarning tozaligi, ko‘kalamzorlashtirish ishlari tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
✔️“Namuna” mahallasida: Hokim yordamchisining bugungi kundagi faoliyati va I chorak natijalari o‘rganildi.
🔵Kredit ajratish: Chorak davomida 10 nafar fuqaroga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan.
🔵Bandlik: Mahalladagi 12 nafar ishsiz fuqaroning doimiy bandligi ta’minlanganligi qayd etildi.
🫥O‘rganish yakunida mahalla mas’ullariga aholi farovonligini oshirish, "kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi ijrosini sifatli ta’minlash va har bir murojaatga individual yondashish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.