💬Yig‘ilish avvalida deputat bugungi kunda yurtimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangilanishlar va qabul qilinayotgan qarorlarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
✔️Xususan, Prezidentimizning 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-sonli “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori doirasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi. Mazkur qaror asosida mahalla institutining tashkiliy-huquqiy asoslari yanada mustahkamlanib, uning jamiyatdagi o‘rni va roli oshirilayotgani, aholi bilan ishlashda yangi, samarali mexanizmlar joriy etilayotgani qayd etildi.
✔️Shuningdek, PF-209-sonli Farmon bilan uyg‘un holda mahallabay ishlash tizimini kuchaytirish, muammolarni joyida aniqlash va tezkor bartaraf etish, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilayotgani bildirildi.
💬"Har bir islohot zamirida inson qadri va xalqimizning roziligi yotadi. PQ-402-sonli Qaror esa mahalla tizimini yanada mustahkamlab, aholi muammolarini hal etishda yangi bosqichni boshlab berdi. Mahallabay ishlash tizimi — bu amaliy natija va real o‘zgarishlar demakdir," — dedi deputat A. Ashurov.
🫥Muloqot davomida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berilib, mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan istiqbolli rejalar muhokama qilindi.